€9 millionlik san'at xazinasi topildi: mashhur rassomlarning o'g'irlangan kartinalari qaytarildi

Italiyada mart oyida muzeydan o'g'irlangan, umumiy qiymati 9 million yevrodan ortiq bo'lgan mashhur kartinalar topildi. Asarlar orasida Renuar, Matiss va Sezannning noyob ijod namunalari bor.
Italiyaning shimolidagi Magnani-Rocca jamg'armasiga ikki o'g'ri bostirib kirgan. Ular eshikni buzib, qimmatbaho kartinalarni olib, bog' orqali qochib ketgan.
Eng hayratlanarlisi — butun talonchilik atigi uch daqiqa davom etgan.
Italiya madaniy merosini himoya qilish bo'linmasi karabinerlari tomonidan topilgan kartinalar orasida:
Per-Ogyust Renuarning — “Baliqlar”;
Pol Sezanning — “Gilosli natyurmort”;
Anri Matissning — “Terrasa” asarlar bor.
Muzey xazinasi qaytarildi
Huquq-tartibot idoralari o'g'irlangan san'at asarlarini aniqlab, ularni Magnani-Rocca jamg'armasiga qaytardi.































Izohlar 0
…