date
views 363

Serbiya prezidenti: “G‘arb Putinni mag‘lub etishga urinib, har tomonlama harbiylashmoqda”

Serbiya prezidenti: “G‘arb Putinni mag‘lub etishga urinib, har tomonlama harbiylashmoqda”
Foto: “TASS”
G‘arb davlatlari o‘z harbiy salohiyatini oshirmoqda va Rossiyani mag‘lub etish maqsadida total militarizatsiya siyosatini olib bormoqda. Bu haqda Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich ma’lum qildi, deb xabar berdi “TASS”.

Hozir sodir bo‘layotgan ishlar hammasi g‘irt ahmoqlik. Ularning barchasi Putinni osonlikcha yenga olamiz deb o‘ylashgan. Endi esa bunga osonlikcha erisha olmasliklarini ko‘rib turishibdi. G‘arbning hozirgi tendensiyasi to‘liq harbiylashtirish va zaxiralarni besh baravar ko‘paytirishga qaratilgan”, — degan Serbiya rahbari Vuchich.

Xabarda aytilishicha, Serbiya rahbari so‘nggi haftada mamlakat qurolli kuchlari shayligini tekshirgan. Prezident harbiy texnikalarni ishlab chiqarishni ko‘paytirish muhimligini ta’kidlagan.

Avvalroq Aleksandr Vuchich hozirgi sharoitda G‘arb Ukrainaga o‘z askarlarini yuborishi ehtimoldan uzoq emasligi borasida fikrlarini bildirib o‘tgan edi. Prezident, shuningdek, Ukraina mojarosi avj olishi xavfi mavjudligi borasida ham aytib o‘tgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Serbiya prezidenti: “G‘arb Putinni mag‘lub etishga urinib, har tomonlama harbiylashmoqda”
-->