Germaniyalik 17 yashar Lasse Shtolli umri qariyb bir yarim yil davomida poyezdda sayohat qilish bilan o‘tmoqda. U sayohatlari haqida o‘z blogida taassurotlari bilan bo‘lishib keladi, deb yozadi “Pravila jizni” nashri.
Foto: Dzen
2022 yil avgust oyida Lasse ota-onasining uyini tashlab, uzoq masofaga yo‘l olishni maqsad qilganida endi 16 yoshni qarshilagan edi. Maktabni tugatgach, IT va dasturlash yo‘nalishida OTMga hujjat topshirmiqchi bo‘lgan, biroq YouTube kanallardagi sayohatchilardan ilhomlangan Lasse sayohat qilishni ma’qul ko‘rdi. Avval bu fikr yigitning ota-onasiga yoqmadi, ammo bo‘lajak dasturchi sayohat davomida ishlashga yaqinlarini ko‘ndirdi va yo‘lga otlandi.
Foto: Dzen
Lasse Shtolli Germaniyaning turli joylarida, jumladan, Ryugen oroli, Sugshpitse tog‘i kabi manzarali joylarda bo‘ldi, Istanbul shahrini ko‘rib keldi. Poyezdda bir yil yashash uchun Lasse 11 ming dollar sarfladi. U ushbu summaning katta qismini sayohat kartasini sotib olishga ishlatdi.
Yigit Kelndagi IT-kompaniyalardan birida dasturchi bo‘lib ishlaydi, biroq ota-onasi ham uni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashini tan oladi. U temiryo‘l operatorlari va poyezd ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qilib, moddiy manfaat ko‘rishni orzu qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Advokat: Janubiy Koreya prezidenti oʻz xavfsizligi uchun xavotirda
Trampning maslahatchisi Putin bilan uchrashuvga tayyorgarlik boshlanganini aytdi
Eron yangi kamikadze-dron yaratdi
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi
Oʻzbekiston delegatsiyasi Haj va umra vazirligi vakillari bilan uchrashdi
Asirlikdagi KXDR harbiylari katta yoʻqotishga uchrashganini aytishdi
Gʻarbda Rossiya boʻyicha NATOga shoshilinch murojaat qilishdi
Dubayda estoniyalik dorboz ikki osmonoʻpar bino orasidan oʻtdi