
Foto: Facebook / Irina Zemlyana
Moskvaning Basmanniy tuman sudi 2022 yil 9 may kuni Rossiyaning Polshadagi elchisi Sergey Andreyevga hujum qilgan Irina Zemlyanani sirtdan hibsga oldi. Rossiyalik diplomatga lavlagi sharbatini sepib yuborgan Ukraina fuqarosini hibsga olish to‘g‘risida qaror 4 mart kuni qabul qilingan, deb xabar berdi «Mediazona» 10 mart, yakshanba kuni.
Ukrainalik ayol «ekstremistlar va terrorchilar» ro‘yxatiga kiritilgan
Nashrning yozishicha, Rossiya Federatsiyasi Zemlyanani 2023 yilning noyabrida qidiruvga bergan, fevral oyida esa u tipografik «yulduzcha» belgisi bilan «ekstremistlar va terrorchilar» reyestriga kiritilgan. Unga nisbatan «urush qo‘zg‘atish maqsadida xalqaro himoyadan foydalanayotgan shaxsga hujum qilish» moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Shu bilan birga, sudyalar va tergovchilar ukrainalik ayolning to‘liq ismi va boshqa pasport ma’lumotlarini aniqlay olmadi, chunki Rosfinmonitoring qaydnomasidagi qidiruv kartochkasida va sudda uning otasi ismi keltirilmagan, fotosurati esa pasport surati emas, balki Varshavadagi mitingdan olingan, deb yozadi «Mediazon».
Zemlyana rossiyaliklarning tahdidi tufayli Varshavani tark etdi
Polsha poytaxtidagi sovet harbiylari qabriga gul qo‘yish marosimida Rossiya elchisi Andreyevga sharbat sepib yuborilgandi. Keyinchalik, ushbu aksiyada ishtirok etgan Zemlyana ijtimoiy tarmoqlarda «rossiyaliklar tahdididan» keyin Varshavani tark etgani haqida xabar berdi. Bu Polshadagi ukrainalik faollarning Rossiya elchisiga qarshi qilgan yagona harakati emas. Xususan, 2024 yil 24 fevralida — Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli hujumi ikki yilligi munosabati bilan Varshava yaqinidagi diplomat villasi oldiga go‘ng uyumi tashlab ketilgan.
MoskvaPolshaIrina ZemlyanaRossiya ElchisiHujum QilishEkstremistlar Ro'yxati O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar