
Foto: CNN
11 mart kuni NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Bryusselda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida NATO Rossiya tomonidan alyansga a’zo davlatlarga nisbatan hech qanday harbiy tahdid ko‘rsatmayotganini ma’lum qildi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.
“Biz NATOning biron bir ittifoqchisiga nisbatan Rossiyadan hech qanday muqarrar harbiy tahdid ko‘rmayapmiz”, — degan Stoltenberg jurnalistlarga bergan intervyusida.
Xabarda aytilishicha, NATO rahbari Rossiya jiddiy xavf tug‘dirmayotganini aytishi bilan bir qatorda, alyans Rossiya tahdidlariga tayyor bo‘lishi va hushyor bo‘lishi kerakligini ham ta’kidlagan. Uning fikricha, hozirda Moskva Ukraina bilan ovora bo‘lgani uchun ham ittifoqqa tahdid solmaydi. Ammo kelgusida vaziyat o‘zgarishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar