159
Saudiya diplomati: “Ikki davlat yechimi masalasi hal etilsagina, Saudiya Arabistoni Isroilni tan oladi”
Foto: Reuters
Saudiya Arabistoni Isroil bilan munosabatlarni to‘la uzishdan manfaatdor emas. Qirollik Tel-Aviv bilan munosabatlarini qayta tiklashi va hattoki Isroilni tan olishi mumkin. Buning uchun Isroil Yaqin Sharqdagi ikki davlat yechimi masalasini uzil-kesil yopib, Falastin davlati tuzilishiga imkon berishi kerak. Bu haqda shaxsini oshkor etmagan saudiyalik diplomat Al-Arabia nashriga ma’lum qilgan.
“Isroil tomonda mazkur qadamni qo‘yishimizga yordam beradigan sherigimiz yo‘q. Falastin ozod bo‘lmasa, Isroil va Saudiya aloqalari bo‘lmaydi”, — degan shaxsi noma’lum qirollik diplomati.
Xabarda aytilishicha, Isroil parlamentida o‘tgan so‘nggi yig‘ilish ikki davlat yechimi masalasini uzil-kesil rad etgan. Deputatlar Isroil tevaragida yangi bir arab davlati shakllanishi va qonuniy mustahkam suverenitetga erishishi masalasiga qat’iy qarshi chiqqan.
Oldinroq AQSH prezidenti Jo Bayden Isroil o‘z xavfsizligini kafolatlashining yagona yo‘li ikki davlat yechimi bo‘lishi haqida fikr bildirgan edi. Baydenga ko‘ra, Isroil va uning barcha arab qo‘shnilari, jumladan Saudiya Arabistoni o‘rtasida tinchlikni kafolatlaydigan boshqa yo‘l yo‘q. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Trampning "xarxasha"lari borasida AQShdagi oʻzbekistonlik vatandoshlar qanday fikrda?
Moldova prezidentiga 2024 yilda berilgan eng qimmat sovgʻa ma'lum qilindi
Trampning oʻgʻli Grenlandiyada AQShni qoʻllab-quvvatlashlari uchun uysizlarga pul berdi
Advokat: Janubiy Koreya prezidenti oʻz xavfsizligi uchun xavotirda
Trampning maslahatchisi Putin bilan uchrashuvga tayyorgarlik boshlanganini aytdi
Eron yangi kamikadze-dron yaratdi
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi
Oʻzbekiston delegatsiyasi Haj va umra vazirligi vakillari bilan uchrashdi