
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 12 mart kuni Dmitriy Kiselyovga bergan intervyusida mehnat migrantlari masalasida batafsil to‘xtalib o‘tdi.
"Rossiyada mehnat migrantlari uncha ko‘p emas. Ular jami ishlaydiganlar orasida atigi 3,7 % ni tashkil qiladi, lekin ular Moskva, Sankt-Peterburg kabi iqtisodiy faol hududlarda jamlangan.
Ularni, hamkorlarimiz bilan birgalikda, Rossiyaga kelishga tayyorlashimiz kerak, rus tilini, Rossiya madaniyati va qonunlarini o‘rgatish kerak.
Bu yerda ham ularga g‘amxo‘rlik qilish, insoniy munosabatda bo‘lish kerak. Ana shunda ular jamiyatimizga tabiiy integratsiyasi uchun imkon yaratiladi", - dedi Rossiya prezidenti. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar