09:49 / 14.03.2024
196

Eron Mudofaa vazirligi: Eronning qurol eksporti 5 barobarga ko‘paydi

Eron Mudofaa vazirligi: Eronning qurol eksporti 5 barobarga ko‘paydi
Foto: IRNA
Eron harbiy sanoati so‘nggi 2 yilda harbiy texnika eksportini 4-5 barobarga oshirishga erishdi. Mamlakat endilikda Yaqin Sharqdagi yirik qurol-yarog‘ ishlab chiqaruvchiga aylangan. Bu haqda Eron rahbariyati va rasmiy idoralar tarqatgan ma’lumotlarga asoslanib, IRNA nashri xabar berdi.

13 mart kuni Eron Mudofaa vazirligi brigada generali Muhammad Rizo Ashtiani Tehrondagi vazirlar mahkamasi yig‘ilishidan so‘ng jurnalistlarga intervyu bergan. Unda mamlakat rasmiysi Eronning so‘nggi yillardagi harbiy salohiyatini yuqori baholab, mamlakat qurol eksporti 5 barobar oshganini ta’kidlagan.

Innovatsiyalar va ishlab chiqarilayotgan qurol turlari tufayli bu miqdor kelajakda yanada oshadi”, — deya qo‘shimcha qilgan Ashtiani.

General Ashtiani ,shuningdek, Eronning boshqa davlatlar bilan harbiy va mudofaa aloqalariga to‘xtalgan. Rasmiyga ko‘ra, Tehron yaqin orada Armaniston va Qatar rasmiylari bilan bir qator muzokaralar va uchrashuvlar o‘tkazgan. Uchrashuvlar mazmuni jamoatchilikka ochiqlanmagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo