19:26 / 14.03.2024
169

Germaniyalik talaba o‘yinchoq mashina bilan jahon rekordini o‘rnatdi

Germaniyalik talaba o‘yinchoq mashina bilan jahon rekordini o‘rnatdi
Foto: Guiness World Records
Germaniyada yashovchi talaba Marsel Pol Bobby Car — elektron boshqariladigan o‘yinchoq mashinalar tezligi bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi. Bu haqda Europaplus nashri xabar bermoqda.

Germaniya rekordlar instituti (RID) vakilining aytishicha, u Xokkenxaymring trassasida 148,45 km/soat tezlikka erishgan. Shu bilan birga, u Ginnesning rekordlar kitobi va RID tomonidan belgilangan 70 kilometrlik me’yordan oshib ketdi.

Foto: Hochschule Fulda
Rekordchi talaba hozirda elektr muhandisligi bo‘yicha tahsil olish bilan birga o‘yinchoq mashinalar tezligi ustida ish olib bormoqda.

“Katta tezlik doim menga zavq bag‘ishlagan”, — deya tan oladi Marsel. U Bobby Car xobbisi bilan bolaligidan shug‘ullanib kelgan va ushbu sport musobaqalarida 14 marta jahon chempioni va 9 marta Yevropa chempioni unvoniga sazovor bo‘lgan.

Foto: Alamy
Marselning maqsadi o‘yinchoq mashinasida soatiga 141 km tezlikka erishish edi. “Kelajakka qaytib-2” filmida DeLorean DMC-12 rusumli vaqt mashinasiga aynan shu ko‘rsatkich talab qilingan edi. Yakuniy natija kutilmaganda 148,45 km/soat tezlikka yetdi.

Ginnesning rekordlar kitobiga kirish Marsel uchun oson kechmadi: u Bobby Car'ni takomillashtirish uchun 10 oy vaqt va 9 ming yevro sarfladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo