Arxiv foto: Middle East Monitor
14 mart kuni “Iroq islomiy qarshilik harakati” guruhi O‘rta Yer dengizi sohilidagi Isroil harbiy bazasini nishonga olgan. Oqibatda harbiy bazaga jiddiy shikast yetgan. Bu haqda IRNA nashri xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, ushbu hujum qarshilik harakatining Suriyada faoliyat yurituvchi tarafdor guruhlari tomonidan tashkil etilgan. Qarshilik harakatiga tegishli harbiy dronlar Isroil g‘arbidagi Palmachim aviabazasiga hujumlar uyushtirgan.
So‘nggi ikki haftada Iroqdagi kuchlar tomonidan Isroilga qarshi ko‘plab operatsiyalar o‘tkazilgani xabar qilingan. Hujum dronlari Isroilning Livan bilan chegaradagi harbiy bazalari va harbiy ta’minot karvonlarini nishonga olgan.
Shu hafta boshida “Iroq islomiy qarshilik harakati” Al-Jalil hududida joylashgan Isroilning “Rash Pina” aeroportiga hujum tashkil etgan edi. Hujumda bir kishi halok bo‘lgani aytilgan edi. Guruh, shuningdek, Hayfa shahridagi mahalliy aeroport va elektr stansiyasiga ham hujum qilgan. Oqibatda Hayfadagi isroilliklarning bir guruhi elektr ta’minotidan ma’lum vaqt uzilib qolgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina asirga olingan shimoliy koreyaliklarni soʻroq qildi (video)
Donald Tramp va Vladimir Putin uchrashuvi Shveytsariyada oʻtishi mumkin
Mel Gibson yonib ketgan uyining suratini koʻrsatdi
AQShga uchayotgan Habib Nurmagomedov samolyotdan tushirib yuborildi (video)
Grenlandiya etakchisi Tramp bilan uchrashishga tayyorligini aytdi
Los-Anjelesdagi yongʻin kelib chiqishining texnogen sababi oʻrganiladi
Trampning "xarxasha"lari borasida AQShdagi oʻzbekistonlik vatandoshlar qanday fikrda?
Moldova prezidentiga 2024 yilda berilgan eng qimmat sovgʻa ma'lum qilindi