2019 yilda Donald Tramp AQSH prezidenti lavozimida ishlayotgan vaqtida Markaziy razvedka boshqarmasiga (MBR) Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida Pekin rasmiylariga qarshi qaratilgan maxfiy operatsiya o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatma bergan. Bu haqda Reuters amerikalik sobiq amaldorlarga tayanib xabar berdi.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, Markaziy razvedka boshqarmasi XXR raisi Si Szinpin hukumati haqida salbiy ma’lumotlarni tarqatish uchun internetdagi soxta akkauntlardan foydalangan holda tezkor xodimlarning kichik guruhini tuzgan.
Manbalarning ta’kidlashicha, AQSH razvedka agentligi razvedka ma’lumotlari va tegishli ritorikani ham xorijiy axborot agentliklariga sizdirgan.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, Markaziy razvedka boshqarmasi xodimlarining ba’zi postlarida Xitoy Kommunistik partiyasi a’zolari «chet elda noqonuniy yo‘l bilan orttirilgan pullarni yashirayotgani» haqida da’vo qilingan. Bundan tashqari, qator nashrlarda «Bir belbog‘, bir yo‘l» tashabbusini amalga oshirishda korrupsiya va isrofgarchilik bo‘yicha ayblovlar bor edi.
Sobiq amaldorlar, shuningdek, Markaziy razvedka boshqarmasining sa’y-harakatlari XXR rahbariyati o‘rtasida «paranoyyani qo‘zg‘atishga» qaratilganini ta’kidladi.
Bungacha AQSH Kongressi Respublikachilar palatasi vakili Mayk Louler amaldagi prezident Jo Bayden ma’muriyatini Xitoyga qarshi «qat’iy bo‘lishga» chaqirib, mamlakatni «dunyodagi eng katta geosiyosiy dushman» deb atagan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tbilisida namoyishchilar sudyalarga tuxum uloqtirishdi (video)
Ukraina asirga olingan shimoliy koreyaliklarni soʻroq qildi (video)
Donald Tramp va Vladimir Putin uchrashuvi Shveytsariyada oʻtishi mumkin
Mel Gibson yonib ketgan uyining suratini koʻrsatdi
AQShga uchayotgan Habib Nurmagomedov samolyotdan tushirib yuborildi (video)
Grenlandiya etakchisi Tramp bilan uchrashishga tayyorligini aytdi
Los-Anjelesdagi yongʻin kelib chiqishining texnogen sababi oʻrganiladi
Trampning "xarxasha"lari borasida AQShdagi oʻzbekistonlik vatandoshlar qanday fikrda?