
Foto: NBC News
Amerikalik aktyor Mettyu Perri vafotidan so‘ng ota-onasi Syuzan va Jon Perri tomonidan boshqariladigan Alvy Singer Living Trust'ga 1 million dollardan ortiq mablag‘ o‘tkazdi. Bu haqda “Parvila jizni” nashri xabar berdi.
Mettyu Perri vasiyatnomasini “Enni Xoll” (1977) komediyasidagi Vudi Allen qahramoni sharafiga nomlagan va hujjat 2009 yilda tuzilgan. 2022 yilda chop etilgan memuarlarda aktyor mazkur filmni onasi bilan tomosha qilgan vaqtlarni “bolalikdagi eng sevimli xotiram” deb atagan.
Marhum aktyor mulkining asosiy qismi ota-onasiga o‘tdi. Shuningdek, merosdan foydalanish huquqi uning o‘gay singlisi Keytlin Morrison va 2003—2005 yillarda Mettyu bilan yaqin munosabatda bo‘lgan Reychel Dannga berildi.
Vasiyatnomada Perrining kelajakda tug‘ilishi mumkin bo‘lgan farzandlari uning mulkiga ega bo‘lish huquqidan mahrum deya ko‘rsatilgan. Vasiyatnoma yozilganidan 13 yil o‘tib ham aktyor ota bo‘lmadi.
2023 yil 28 oktyabr kuni aktyorning jasadi uning uyidagi hammomdan topilgan. Yillar davomida u bir necha bor giyohvandlik va alkogolizmdan davolanib kelgan, ammo voqea joyida hech qanday dori topilmagan. Dastlabki testlarda ham Perri organizmida hech qanday zararli modda aniqlanmagan va uning o‘limi sababi hozircha noma’lum.
Mettyu PerriOta-onalarVasiyatnomaMerosdan FoydalanishHujjat 2009Aktyor Vafoti O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar