Foto: Anadolu
16 mart kuni Turkiya tashqi ishlar vazirligi 2014 yilda Qrimning Rossiya tomonidan noqonuniy anneksiya qilinishini tan olmasligini yana bir bor dunyo jamoatchiligiga ma’lum qildi. Bu haqda Anadolu nashri ma’lum qildi.
Vazirlik Qrim anneksiyasini xalqaro huquqning buzilishi sifatida baholagan. Ukrainaning hududiy yaxlitligi va suverenitetini qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor qayd etgan.
“Qrimdagi mavjud vaziyat xalqaro huquqning buzilishi hisoblanadi va Ukrainaning hududiy yaxlitligi va suverenitetini qo‘llab-quvvatlashni taqozo etadi”, — deyiladi Turkiya tashqi ishlar vazirligi bayonotida.
Anqaradagi hukumat Qrim yarimorolining asosiy etnik guruhlaridan biri hisoblangan qrim-tatar turklari ahvoli va ularni ko‘chirish bilan bog‘liq jarayonlarni diqqat bilan kuzatayotganini ma’lum qilgan. Ushbu masala Turkiya tashqi siyosati kun tartibidagi masalalardan biri ekanligi ta’kidlangan.
Ma’lumot o‘rnida, bundan o‘n yil oldin, 2014 yil 16 mart sanasida Ukrainaga suveren daxldor bo‘lgan Qrim provinsiyasi Rossiya tomonidan referendum tashkil etib, Moskvaga yurisdiksiya zonasiga qo‘shib olingan edi. Turkiya hukumati o‘sha kunning o‘zida Qrimdagi referendumlarni tan olmasligini va uning Rossiya hududi ekanligini inkor etishini ma’lum qilgan. Qrim anneksiyasiga 10 yil to‘lishi munosabati bilan Anqaradagi hukumat o‘z bayonotini takror eslatgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kaliforniyadagi yongʻin qurbonlari soni 24 nafarga etdi (foto)
Slovakiya bosh vaziri Ukraina prezidentini “tilanchi” deb atadi
Urushni yakunlash uchun nimalar qilish kerak? Trampning boʻlajak maslahatchisi shartlarni aytdi
Tbilisida namoyishchilar sudyalarga tuxum uloqtirishdi (video)
Ukraina asirga olingan shimoliy koreyaliklarni soʻroq qildi (video)
Donald Tramp va Vladimir Putin uchrashuvi Shveytsariyada oʻtishi mumkin
Mel Gibson yonib ketgan uyining suratini koʻrsatdi
AQShga uchayotgan Habib Nurmagomedov samolyotdan tushirib yuborildi (video)