Arxiv foto: “TASS”
16 mart kuni Rossiya kuchlari Zaporoje viloyatidagi Rabotino hududini o‘z nazoratiga olgan. Hozirda rus bo‘linmalari egallangan hududlarda Ukraina hujumlarini qaytarmoqda. Bu haqda “TASS” nashri xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Rossiya intensiv hujumlar uyushtirib, Rabotino hududining markazini nazorat ostiga olgan. Harbiy texnikalar joylashtirilib, Ukraina qarshi hujumiga tayyorgarlik darajasi oshirilgan.
“Rabotinoda Ukraina qo‘shinlari askarlarimizni o‘z pozitsiyalaridan majburan chiqarishga harakat qilmoqda. Bugun aytishimiz mumkinki, janubiy va markaziy hududlardagi aholi punktlari bizning nazoratimiz ostida, shimoliy qismi esa Ukraina qo‘shinlari nazoratida qolmoqda”, — degan “Biz Rossiya bilan birgamiz” harakati rahbari Vladimir Rogov.
Rogovning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina qo‘shinlari Rossiya pozitsiyalariga hujum qilishda davom etmoqda. Ikki tomonning nazorat qilayotgan hududlari tez-tez o‘zgarib turibdi. Frontda mutlaq ustun tomon yo‘q. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sun'iy idrok koʻkrak bezi saratonini an'anaviy skriningdan yaxshiroq aniqladi
Kaliforniyadagi yongʻin qurbonlari soni 24 nafarga etdi (foto)
Slovakiya bosh vaziri Ukraina prezidentini “tilanchi” deb atadi
Urushni yakunlash uchun nimalar qilish kerak? Trampning boʻlajak maslahatchisi shartlarni aytdi
Tbilisida namoyishchilar sudyalarga tuxum uloqtirishdi (video)
Ukraina asirga olingan shimoliy koreyaliklarni soʻroq qildi (video)
Donald Tramp va Vladimir Putin uchrashuvi Shveytsariyada oʻtishi mumkin
Mel Gibson yonib ketgan uyining suratini koʻrsatdi