14:03 / 17.03.2024
170

Xitoy TIV: AQSH dunyodagi eng yirik dezinformatsiya manbai

Xitoy TIV: AQSH dunyodagi eng yirik dezinformatsiya manbai
© AP Photo / Andy Wong
Amerika Qo‘shma Shtatlari boshqa mamlakatlarni noto‘g‘ri ma’lumot tarqatishda muntazam ravishda ayblaydi, aslida esa ularning o‘zi dezinformatsiyaning asosiy manbai, dedi Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Van Venbin.

"Qo‘shma Shtatlar Xitoy haqida muntazam ravishda yolg‘on ma’lumot tarqatadi, Amerika hukumati esa jahon tarixidagi eng yirik dezinformatsiya manbai hisoblanadi. Qo‘shma Shtatlar ko‘pincha boshqa mamlakatlarni yolg‘on ma’lumot tarqatishda ayblaydi, shu bilan birga ularning o‘zi dezinformatsiyaning eng katta manbaidir", - dedi Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili.

Shuningdek, Venbin Vashingtonning dezinformatsiya tarqatishi Xitoy rivojlanishini to‘xtata olmasligini qo‘shimcha qildi.

Fevral oyida Van Venbin Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Uilyam Byornsning Xitoyga qarshi razvedka harakatlarini kuchaytirish haqidagi bayonotini sharhlar ekan, Xitoy amerikalik josuslarning ishiga qarshi turishini va ularning muvaffaqiyatga erishishiga to‘sqinlik qilishini aytgan edi.

Rossiya rahbariyati ham bir necha bor AQSH hukumati tomonidan Ikkinchi jahon urushi tarixini soxtalashtirish, sovet xalqining fashizm ustidan qozonilgan g‘alabadagi rolini pasaytirish, natsizmni oqlash va qayta tiklashga qaratilgan urunishlariga e’tibor qaratgan edi.

Bunday urunishlar ayrim doiralarning siyosiy maqsadlariga erishi uchun amalga oshirilayotgani va oxir-oqibatda bu xavfli amaliyot insoniyatni yana bir bor urush yoqasiga olib kelishi mumkinligi aytilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy TIV: AQSH dunyodagi eng yirik dezinformatsiya manbai