19:07 / 17.03.2024
190

Afg‘onistonda sodir bo‘lgan YTHda 21 kishi halok bo‘ldi

Afg‘onistonda sodir bo‘lgan YTHda 21 kishi halok bo‘ldi
Foto: Tasnim
Afg‘oniston janubida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida kamida 21 kishi halok bo‘ldi, 38 kishi jarohat oldi. Bu haqda tegishli manbalarga tayanib, Associated Press xabar berdi.

Helmand departamenti hodisa 17 mart kuni kuni ertalab Helmand viloyatining Gerashk tumanida janubiy Qandahor va g‘arbiy Hirot viloyatlari o‘rtasidagi asosiy trassada sodir bo‘lganini ma’lum qilgan.

"Mototsikl yo‘lovchi avtobusiga borib urilgan, keyin avtobus yo‘lning qarama-qarshi tomonidagi yonilg‘i tashuvchi sisternaga borib urilgan", — dedi Helmanddagi yo‘l harakati boshqarmasi xodimi Qadratulloh.

Uning qo‘shimcha qilishicha, hodisa yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. 38 nafar yaradordan 11 nafari og‘ir jarohatlar bilan shifoxonalarga yetkazilgan.

Afg‘onistonda yo‘l-transport hodisalari, asosan, yomon yo‘l sharoiti va haydovchilarning e’tiborsizligi tufayli tez-tez uchrab turadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo