16:10 / 18.03.2024
1 267

Ispaniya va Italiya Ukrainaga qo‘shin yuborish borasida bayonot berdi

Ispaniya va Italiya Ukrainaga qo‘shin yuborish borasida bayonot berdi
Foto: DVIDS
Ispaniya va Italiya mudofaa vazirlari NATO qo‘shinlarining Ukrainaga yuborilishi yuzasidan bayonot berdi. Bu haqda Voice of America xabar berdi.

Ispaniya mudofaa vaziri Margarita Roblesning aytishicha, mamlakat Ukrainaga qo‘shin yubormaydi, chunki u Rossiya bilan konfliktni kuchaytirmoqchi emas.

Biz, aksariyat NATO davlatlari kabi, Ukrainaga qo‘shin yuborish nomaqbul ekanini tushunamiz, chunki bu konfliktning kuchayishini anglatadi. Hozirda har qanday holatda ham keskinlashuvning oldini olish kerak, — dedi u La Vanguardia nashriga bergan intervyusida.

Italiya mudofaa vaziri Guido Krosetto Ukraina tarafdorlari koalitsiyasini birlikka chaqirdi va Rim hech qachon mojaro hududiga qo‘shin yubormasligini ta’kidladi.

G‘arb o‘zini yaxshiroq ko‘rsatish uchun Ukrainaga NATO qo‘shinlarini yuborish kabi katta bayonotlar berishdan qochishi va Yevropada 27 kishi bo‘lganimizda ikki yoki uch kishilik uchrashuvlarga bo‘linib ketmasliklari kerak, — dedi u la Reppublica gazetasiga bergan intervyusida.

Italiya vaziriga ko‘ra, Rossiya “birligi”ga qarshi turish uchun Yevropa davlatlariga aniq, muvofiqlashtirilgan strategiya va, ehtimol, yangi koalitsiya tuzish kerak. Italiya 2024 yil oxirigacha qurol-yarog‘ yetkazib berishga va’da bergan.

Krosetto Kiyevga yana ham ko‘proq o‘q-dorilar kerakligini tan olib, bunday qarorlar Yevropa Ittifoqi va NATO darajasidagi uchrashuvlarda qabul qilinishi kerakligini aytgan.

Italiya tashqi ishlar vaziri Antonio Tayani ham Corriere della Sera gazetasiga bergan intervyusida Italiya qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish imkoniyatini inkor etib, “maqsad urushni kengaytirish emas, balki tinchlikka erishish”, ekanini ta’kidlagan.

15 mart kuni Oq uy matbuot kotibi Jon Kirbi AQSH NATOning boshqa davlatlarining o‘z harbiylarini Ukraina hududiga jo‘natish bo‘yicha takliflariga e’tiroz bildirmasligini, biroq har bir davlat bu borada mustaqil qaror qilishi kerakligini aytgandi.

16 mart kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Ukrainaga G‘arb davlatlaridan harbiy xizmatchilar jo‘natilishini yana bir bor istisno qilmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ispaniya va Italiya Ukrainaga qo‘shin yuborish borasida bayonot berdi