Foto: Google Images
G‘azo sektoridagi kamida 1,1 million kishi oziq-ovqat zaxiralarini tugatgan va halokatli ocharchilik xavfi ostida qolgan. Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Nyu-Yorkda G‘azo masalasi bo‘yicha matbuot bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.
Guterrishning aytishicha, oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha dunyoning yetakchi ekspertlari G‘azo shimolidagi ocharchilikning oldini olish ilojsiz ekanligini ma’lum qilishgan.
“G‘azodagi falastinliklarning yarmidan ko‘pi — 1,1 million kishi oziq-ovqat zaxiralarini to‘liq tugatdi, ularga halokatli ocharchilikka tahdid solmoqda. Xabarlarga ko‘ra, G‘azodagi falastinliklar dahshatli azob-uqubatlarni boshdan kechirmoqda”, — dedi u.
Shu bilan birga, Guterrish bu to‘xtatilishi mumkin bo‘lgan mutlaqo sun’iy ofat ekanligini ta’kidladi.
“Isroil hukumatini G‘azoga gumanitar yuklarning to‘liq va to‘siqsiz kirishini ta’minlashga, xalqaro hamjamiyatni esa insonparvarlik sa’y-harakatlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga chaqiraman”, — deya xulosa qildi Guterrish.
Avvalroq Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Josep Borrel G‘azo sektorining minglab aholisi uchun ochlik allaqachon haqiqatga aylanganini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, anklav bilan chegarada bir necha oy davom etadigan oziq-ovqat zaxiralari to‘plangan, biroq siyosiy sabablarga ko‘ra yordam anklavga yetib bormayapti. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina armiyasi tanklar boʻyicha ilk bor Rossiyaga qarshi ustunlikka erishdi
Turkiyada «Alisher Navoiy kulliyoti» nomli koʻrgazma ochildi
Sun'iy idrok koʻkrak bezi saratonini an'anaviy skriningdan yaxshiroq aniqladi
Kaliforniyadagi yongʻin qurbonlari soni 24 nafarga etdi (foto)
Slovakiya bosh vaziri Ukraina prezidentini “tilanchi” deb atadi
Urushni yakunlash uchun nimalar qilish kerak? Trampning boʻlajak maslahatchisi shartlarni aytdi
Tbilisida namoyishchilar sudyalarga tuxum uloqtirishdi (video)
Ukraina asirga olingan shimoliy koreyaliklarni soʻroq qildi (video)