Foto: NBC News
Internetda tulki niqobini kiyib, yangi tug‘ilgan tulkini boqayotgan qizning videosi tarqaldi. Richmond (Virjiniya) yovvoyi tabiat markazi xodimlari onasidan ayrilgan tulki bolasiga shunday tarzda g‘amxo‘rlik qilmoqda.
"Bizning maqsadimiz hayvonlarga nafaqat omon qolish imkoniyatini berish, balki ularning o‘z turlarini tanib olishlari va nasl qoldirishlari uchun hayvonlarni yovvoyi tabiatga qo‘yib yuborishdir", — deydi markaz direktori Melissa Stenli.
Markazning Facebook'dagi sahifasida aytilishicha, veterinarlar ortiqcha tovushlarni kamaytirish, tabiatdagidek vizual to‘siqlar yaratish, turli muassasalarga borish sonini kamaytirish va boshqa ehtiyot choralarini ko‘rishga harakat qilmoqda.
"Shifoxonada o‘stirilgan hayvonlar odamlarga ko‘nikib qolmasligi muhim", — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, tulki bolasi fevral oyi oxirida markazga olib kelingan. Uni o‘z iti bilan sayr qilib yurgan kishi tasodifan topib olgan. Dastlab uni mushukcha deb o‘ylagan. Mutaxassislar jonivorni ko‘zdan kechirganida, tulkining tug‘ilganiga bir kun ham bo‘lmagani ma’lum bo‘lgan. Hayvonning kindigi ham kesilmagan edi.
Markaz ko‘ngillilari zudlik bilan tulkining onasi va u yashaydigan joyni topishga harakat qiladi. Biroq tulki joylashgani taxmin qilingan hududda ovchilar ov qilgani ma’lum bo‘ldi.
Foto: Richmond Wildlife Center
Hozirda veterinariya shifokorlari tulki niqobini kiyib, har ikki-uch soatda jonivorni navbatma-navbat ovqatlantiradi. Mitti tulki esa yumshoq o‘yinchoqqa suyangan holda uxlaydi. Tulki bolasi yetarlicha kuchga to‘lgach, u yana tabiat qo‘yniga qo‘yib yuboriladi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina armiyasi tanklar boʻyicha ilk bor Rossiyaga qarshi ustunlikka erishdi
Turkiyada «Alisher Navoiy kulliyoti» nomli koʻrgazma ochildi
Sun'iy idrok koʻkrak bezi saratonini an'anaviy skriningdan yaxshiroq aniqladi
Kaliforniyadagi yongʻin qurbonlari soni 24 nafarga etdi (foto)
Slovakiya bosh vaziri Ukraina prezidentini “tilanchi” deb atadi
Urushni yakunlash uchun nimalar qilish kerak? Trampning boʻlajak maslahatchisi shartlarni aytdi
Tbilisida namoyishchilar sudyalarga tuxum uloqtirishdi (video)
Ukraina asirga olingan shimoliy koreyaliklarni soʻroq qildi (video)