Foto: CNBC
Efiopiyaning eng yirik tijorat banki hisoblangan Commercial Bank of Ethiopia (CBE) faoliyatidagi uzilishlar natijasida mijozlar o‘z hisobvaraqlaridan mavjud summadan ortiq miqdorda pul yechib oldi. Bu haqda CNBC xabar berdi.
Kredit tashkiloti mutaxassislari tranzaksiyalarni atigi ikki soatdan keyin to‘xtatishga muvaffaq bo‘lgan. Mijozlar 40 million dollardan ortiq mablag‘ni yechib olib, boshqa banklarga o‘tkazgan. Pulning katta qismini nosozlik haqida ma’lumot tarqatgan talabalar olib qo‘ygan.
Ulardan biriga ko‘ra, politsiya universitet shaharchasidagi bankomatlar oldidagi uzun navbatlarni tarqatishga majbur bo‘lgan. Bir nechta universitetlar darhol talabalarni ularga tegishli bo‘lmagan mablag‘larni qaytarishga chaqirgan. CBЕ prezidenti Abi Sanoning so‘zlariga ko‘ra, bank o‘z ixtiyori bilan pulni qaytarganlarga talab qo‘ymaydi.
Hozirda bank tizimdagi xavfsizlik tekshiruvlari tufayli mijozlarga xizmat ko‘rsatishni vaqtincha to‘xtatgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qatar Gʻazo sulh bitimining yakuniy loyihasini HAMAS va Isroilga topshirdi
Eron yadroviy dasturini rivojlantirish uchun Rossiyaga maxfiy missiyalar yuborgan(mi?)
Matolarni yonib ketishdan himoyalaydigan qoplama ixtiro qilindi
Mark Tsukerberg Donald Tramp bilan Floridadagi villasida uchrashdi
Soʻrov natijalari: Grenlandiya aholisi AQShga qoʻshilishni yoqlaydimi?
Daniya hukumati Trampga Grenlandiya yuzasidan qanday taklif yoʻlladi?
Quyoshda ulkan “teshik” paydo boʻldi (foto)
Air Astana aviakompaniyasi sudda 12 yoshli yoʻlovchiga yutqazdi