Foto: Reuters
Pokistonda maktab o‘qituvchisini shakkoklikda ayblab o‘ldirgan ikki nafar ayol o‘lim jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Al Jazeera nashri xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, qotilligi isbotlangan ayollarning biri 23, boshqasi 24 yoshda bo‘lgan. Ayollarga jinoyatda sherik bo‘lgan voyaga yetmagan bola esa umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.
Manbada aytilishicha, jinoyat 2022 yilning mart oyida Xayber-Paxtunxva viloyati shimoli-g‘arbidagi Dera Ismoil Xon shahrida sodir etilgan. Maktab o‘qituvchisi Safura Bibi pichoq zarbidan vafot etgan.
So‘nggi 2 yil davomida qotillik ijrochilarini aniqlashning imkoni bo‘lmagan. Uzoq davom etgan tergovlardan so‘ng, politsiya 2024 yilning mart oyi boshlarida aybdorlarni aniqlashga muvaffaq bo‘lgan.
Aybdorlar o‘z jinoyatlarini marhum o‘qituvchi ularning dini va e’tiqodiga nomuvofiq gaplar gapirgani, shakkoklik qilgani bilan asoslagan. Ayollar tergovdan keyin o‘qituvchini oldin kaltaklab, keyin pichoq bilan yaralab o‘ldirganini tan olgan.
Pokistonda o‘lim jazosiga qonunan ruxsat berilgan. Ammo sudlar bu jazoni qo‘llashdan odatda o‘zlarini tiyishadi. Mamlakatda so‘nggi qatl hukmi bundan oldin 2020 yilda amalga oshirilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Matolarni yonib ketishdan himoyalaydigan qoplama ixtiro qilindi
Mark Tsukerberg Donald Tramp bilan Floridadagi villasida uchrashdi
Soʻrov natijalari: Grenlandiya aholisi AQShga qoʻshilishni yoqlaydimi?
Daniya hukumati Trampga Grenlandiya yuzasidan qanday taklif yoʻlladi?
Quyoshda ulkan “teshik” paydo boʻldi (foto)
Air Astana aviakompaniyasi sudda 12 yoshli yoʻlovchiga yutqazdi
Germaniyada 2024 yilning eng zararli soʻzi aniqlandi
Kiyev asirga olingan KXDR askarlarini ma'lum shart evaziga Pxenyanga topshirmoqchi