259
Putin: “Ukraina bilan chegaradosh hududlarda aholi xavfsizligini ta’minlash choralari kuchaytiriladi”
Foto: “TASS”
Rossiya prezidenti Vladimir Putin rus hukumati mamlakatning Ukraina bilan chegaradosh hududlari aholisi xavfsizligini ta’minlash borasida ish olib borayotganini ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” nashri xabar berdi.
“Birinchi maqsadimiz — xavfsizlikni ta’minlash. Buni amalga oshirishning bir qancha yo‘llari bor, ularni amalga oshirish oson emas, lekin biz buni bajaramiz”, — degan Vladimir Putin.
Prezident Belgorod viloyati, shuningdek, Ukraina bilan chegaradosh boshqa viloyatlar aholiga hujumlar paytida ko‘rsatgan jasorat uchun minnatdorlik bildirgan. Barcha hujumga uchragan chegara viloyatlari aholisi davlat yordamini olishiga va’da bergan.
Rossiya yetakchisi ma’lum qilishicha, Rossiyaning mudofaa borasida o‘z rejalari va qarashlari bor. Mamlakat dushman qo‘llagan hujum usullarini uning o‘ziga qarshi ishlatishi ham mumkin.
“Dushman tinch aholi uylari va harbiy bo‘lmagan obyektlarga hujum qilmoqda. Biz ham ,albatta, ularga ham xuddi shunday javob berib, ularning fuqarolik infratuzilmasi va boshqa shunga o‘xshash obyektlariga zarba berishimiz mumkin”, — degan Rossiya yetakchisi.
Vladimir Putin chegara viloyatlarida xavfsizlik choralari kuchaytirilishi va tinch aholi osoyishtaligi ta’minlanishi borasida ish olib borilayotganini ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mark Tsukerberg Donald Tramp bilan Floridadagi villasida uchrashdi
Soʻrov natijalari: Grenlandiya aholisi AQShga qoʻshilishni yoqlaydimi?
Daniya hukumati Trampga Grenlandiya yuzasidan qanday taklif yoʻlladi?
Quyoshda ulkan “teshik” paydo boʻldi (foto)
Air Astana aviakompaniyasi sudda 12 yoshli yoʻlovchiga yutqazdi
Germaniyada 2024 yilning eng zararli soʻzi aniqlandi
Kiyev asirga olingan KXDR askarlarini ma'lum shart evaziga Pxenyanga topshirmoqchi
Britaniya biznesi yangi xodimlarni yollash oʻrniga sun'iy intellektdan foydalanishni afzal koʻrmoqda