Foto: Getty Images
AQSH Adliya vazirligi va 16 shtat bosh prokurorlari Apple Inc kompaniyasini monopoliyaga qarshi qonunlarni buzganlikda ayblab, sudga murojaat qildi.
Da’vo arizasida aytilishicha, Apple smartfonlar va smartfon ilovalari bozoridagi ustun mavqeidan foydalanib, iste’molchilarning iPhone bilan qurilmalarini almashtirish yoki boshqa ishlab chiqaruvchilar mahsulotlaridan foydalanish imkoniyatlarini cheklamoqda.
«Apple smartfonlar bozoridagi monopol mavqeini nafaqat raqobatchilardan o‘zib ketgani, balki monopoliyaga qarshi federal qonunlarni buzgani uchun ham saqlab turibdi. Biz Apple iste’molchilarga ham, ishlab chiquvchilarga ham zarar yetkazadigan raqobatga qarshi xatti-harakatlar strategiyasini qo‘llayotganini da’vo qilamiz», dedi AQSH bosh prokurori Merrik Garland.
Apple kompaniyasi da’voni rad qilmoqda va bu odamlar kutgan texnologiyalarni yaratish qobiliyatiga putur yetkazishini ta’kidlamoqda.
«Bu hukumatga odamlar uchun texnologiya rivojini qattiq nazorat qilish imkoniyatini berib, xavfli pretsedent yaratadi», deyiladi Apple bayonotida.
AQSH Adliya vazirligi so‘nggi 14 yil ichida Apple kompaniyasiga qarshi monopoliyaga qarshi qonunbuzarliklar yuzasidan ikki marta sudga murojaat qildi, biroq u kompaniyani bozordagi hukmron mavqeini noqonuniy ravishda manipulyatsiya qilishda birinchi marta ayblamoqda.
Da’vo ortidan 21 mart kuni Nyu-York birja savdolarida Apple aksiyalari 3,7 foizga arzonlashdi. Biroq, oxirgi 12 oy ichida ularning qiymati 8,3 foizga oshdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mark Tsukerberg Donald Tramp bilan Floridadagi villasida uchrashdi
Soʻrov natijalari: Grenlandiya aholisi AQShga qoʻshilishni yoqlaydimi?
Daniya hukumati Trampga Grenlandiya yuzasidan qanday taklif yoʻlladi?
Quyoshda ulkan “teshik” paydo boʻldi (foto)
Air Astana aviakompaniyasi sudda 12 yoshli yoʻlovchiga yutqazdi
Germaniyada 2024 yilning eng zararli soʻzi aniqlandi
Kiyev asirga olingan KXDR askarlarini ma'lum shart evaziga Pxenyanga topshirmoqchi
Britaniya biznesi yangi xodimlarni yollash oʻrniga sun'iy intellektdan foydalanishni afzal koʻrmoqda