Foto: AFP
Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Rossiya rahbari Vladimir Putinni navbatdagi muddatga prezident etib saylangani bilan tabrikladi. Orban murakkab geosiyosiy sharoitda ham Vengriya va Rossiya o‘rtasidagi o‘zaro hurmatga asoslangan hamkorlik davom etishini urg‘ulagan.
Yevropa Ittifoqiga a’zo sanalgan Vengriya hukumati yetakchisi tomonidan Kremlga qutlov yo‘llangani tanqidiy baholandi.
Negaki, YEIning barcha davlatlari Rossiyadagi prezidentlik saylovining qonuniyligini tan olmadi. Bryussel, shuningdek, Ukrainaning Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarida ovoz berish tashkil etilganini ham qoraladi.
Aksar G‘arb davlatlari kabi Rossiyada saylov erkin va halol o‘tkazilganini savol ostiga olgan Germaniya hukumati rasmiy hujjatlarda Vladimir Putin “Rossiya Federatsiyasi prezidenti” deb yuritilmasligi, shunchaki uning ism-familiyasi zikr qilinishini bildirdi.
AQSH ma’muriyati ham Putinni saylovdagi g‘alabasi bilan tabriklashni ep ko‘rmadi.
Rossiyada 15-17 mart kunlari bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida Putin 87,28 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy TikTok’ni Ilon Maskka sotishi mumkin
Toshkent Prezident maktabi oʻquvchilari BAAda nufuzli sovrinni qoʻlga kiritdi (video)
Ukraina dronlari va raketalari Rossiyaning uch hududiga hujum qildi
AQSh Grenlandiyani sotib olish boʻyicha qonun loyihasi ishlab chiqdi
Jo Bayden yakuniy nutqida nimalar dedi?
Slovakiya bosh vaziri Zelenskiyni gaz tranziti boʻyicha muzokaralarga taklif qildi