1 103
Moskva viloyatida terakt uyushtirishda gumonlanganlarning to‘rt nafarini shaxsi ma’lum bo‘ldi
Moskva viloyatidagi Crocus City Hall'da otishma sodir etganlikda gumonlanayotgan shaxslardan to‘rt nafarining shaxsi ma’lum bo‘ldi.
Foto: Telegram / Baza
Bular:
- Mahmadrasul Nasridinov — 37 yosh;
- Rivojidin Ismonov — 51 yosh;
- Shohinjon Safolzoda — 21 yosh;
- Rustam Nazarov — 29 yosh.
Qidirilayotgan shaxslarga oid ma’lumotlar barcha politsiya bo‘limlariga yuborilgan.
"Gumonlanuvchilar yonida qurol va portlovchi moddalar bo‘lishi mumkin. Politsiya xodimlari tomonidan ularni qo‘lga olish vaqtida shaxsiy xavfsizligiga rioya etish buyurilgan", — deyiladi xabarda.
Ularning barchasi Tojikiston fuqarolari ekani aytilmoqda. Yaroslav, Ivanov va Samara viloyatlarida ro‘yxatdan o‘tgan. Telegram'dagi Baza kanali ma’lumotlariga ko‘ra, Moskva viloyatidagi konsert zalida sodir bo‘lgan otishma qurbonlari 83 kishiga yetgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Frontier Airlines kompaniyasi Habib Nurmagomedov boʻyicha rasmiy bayonot berdi
Shavkat Mirziyoyev Abu-Dabidagi sammitning ochilish marosimida ishtirok etdi (foto)
Britaniyada “Katta ogʻa seni kuzatmoqda” tangasi chiqarildi
Rossiyadagi aeroportda oʻzbekistonlik erkak pichoq bilan odamlarga hujum qildi (video)
Daniya razvedkasi: AQShning Grenlandiyani sotib olish tahdidiga Rossiya sababchi
Yaponiyada kuchli zilzila sodir boʻldi