Isroil armiyasi: G‘azo sektoridagi shifoxona yaqinida 170 falastinlik jangari o‘ldirildi

Dunyo1 daqiqa o'qish187
Isroil armiyasi: G‘azo sektoridagi shifoxona yaqinida 170 falastinlik jangari o‘ldirildi
Foto: X / idfonline
Isroil armiyasi (SAHAL) 23 mart kuni G‘azo sektoridagi Ash-Shifo shifoxonasiga uyushtirilgan reyd va hujumlarda halok bo‘lgan falastinlik jangarilar soni 170 nafarga yetganini ma’lum qildi.

Harbiylar bayonotida aytilishicha, Isroil armiyasi va Shin Bet xavfsizlik kuchlari «tinch aholi, bemorlar, tibbiy guruhlar va tibbiy jihozlarga zarar yetkazmagan holda» hududda «maqsadli janglarni» davom ettirmoqda.

Bayonotda aytilishicha, harbiylar 170 nafarga yaqin falastinlik jangarini o‘ldirgan va 800 nafardan ortiq gumondorni hibsga olgan.

Isroil armiyasi dushanbadan beri Ash-Shifo shifoxonasi yaqinida hujum uyushtirmoqda va bu minglab bemorlar va ko‘chirilgan falastinliklarning hayotini xavf ostiga qo‘ygan.

Shuningdek, 18 mart kuni boshlangan va dengiz floti bo‘linmasi va zirhli brigada tomonidan amalga oshirilgan reyd chog‘ida terrorchi guruhlarga tegishli infratuzilma va qurol-yarog‘ omborlari aniqlangan.

Isroil harbiy-havo kuchlari o‘tgan kun davomida G‘azodagi 35 ga yaqin nishonga, jumladan, qo‘mondonlik punktlari va terrorchi guruhlarga tegishli boshqa infratuzilma obyektlariga zarba berdi.

SAHAL ma’lumotlariga ko‘ra, G‘azoning markazida Nahal brigadasi a’zolari o‘tgan kun davomidagi shiddatli janglarda 15 ga yaqin terrorchini yo‘q qilgan.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?