Foto: Videodan kadr
15 yoshli maktab oʻquvchisi, «Krokus Siti Holl»da garderobchi boʻlib ishlagan Islom Xalilov xizmatchilarning xonalari orqali chiqish yoʻlini koʻrsatib, yuzdan ortiq kishining hayotini saqlab qolgan. Bu haqda birinchi boʻlib «112» telegram-kanali xabar tarqatdi.
Islom Xalilov «Moskva onlayn» nashriga kontsert zalda bir yilga yaqin vaqtdan buyon ishlab kelganini aytgan. Terakt kuni u soat 16:00 da smenani qabul qilib olgan. Hujum boshlanganida u kuchli ovozlarni eshitgan, avvaliga buni «qandaydir shovqin soluvchi guruh keldi» deb oʻylagan. Xalilov zinapoya tomondan odamlar chopib kelayotganida vaziyat yaxshi emasligini tushungan.
«Men harakat qilmasam oʻz hayotimni ham, boshqalarnikini ham yoʻqotishimni angladim. Toʻgʻrisi, bu juda qoʻrqinchli edi. Men odamlar orasida ekanimda, eshikni ochish uchun ketayotganimda, yoki zinadan, yoki eskalatordan kimdir chiqib kelib, granata uloqtirishi yoki oʻt ochishi mumkinligini oʻylardim. Xudoga shukrki, hech narsa roʻy bermadi, men oʻz vaqtida eshikni ochdim va barchani «Ekspo» tomonga oʻtkazib yuborishga ulgurdim», deydi u.
Xalilovning tushuntirishicha, xodim sifatida unga favqulodda holatlarda qanday harakatlanish boʻyicha koʻrsatma berilgan, shu tufayli u «odamlarning xavfsizligini ta'minlash uchun ularni qaerga olib borish kerakligi»ni bilgan. Yakunda u yuz nafar atrofidagi odamni «Krokus Siti Holl»ga yondosh joylashgan «Krokus Ekspo»ning kirish joyigacha olib borgan. Oʻsmirning oʻzi oxirgi boʻlib oʻtgan, oʻzining soʻzlariga koʻra, «boshqa hech kim qolmaganiga ishonch hosil qilsh uchun».
«Onam karaxt holatga tushdi, shunday ishlarni boshimdan oʻtkazishga toʻgʻri kelgani uchun yigʻladi. Koʻz oʻngimda roʻy bergan barchasi uchun. Mening oʻzim, toʻgʻrisini aytsam, shok holatdaman. Koʻz oʻngimda bir kishini otishdi, bu haqda oʻylashdan toʻxtamayapman», — dedi Xalilov.
Ruptly uchun intervyusida Xalilov oʻzini qahramon deb hisoblamasligini aytgan: «Bu mening ishimning bir qismi edi. Yuzlab odamlar oʻlib berishiga yoʻl qoʻygandan koʻra oʻzingni qurbon qilganing yaxshiroq».
Xalilov — Moskvaning «Spartak» klubi muxlisi. Uning qahramonligi haqida ma'lum boʻlganida, klub uni futbolchilar bilan uchrashuvga taklif etib, turli sovgʻalar va jamoaning uy uchrashuvlari uchun abonement sovgʻa qilgan.
Reper Alisher Morgenshtern oʻsmirga million rubl yuborgan. «Men Morgenshterndan juda minnatdorman, Alisher kabi odamlar borligidan xursandman, men uning yordamida hayotim osonlashishidan chin dildan xursandman. Toʻgʻrisi, tilimga soʻz kelmayapti, yigʻlagim kelyapti», — degan Islom Xalilovning oʻzi.
«Pod'yom» nashri yozishicha, uning oilasi bu pullarni kreditlarini yopish uchun ishlatadi.
Islom Rossiyada tugʻilgan, uning ota-onasi Qirgʻizistondan. Otasi Baxtiyor Jalolobod viloyati Suzoq tumanidan, onasi Oypari — Oʻsh oblasti Oʻzgan tumanidan. Islom — oiladagi uch nafar farzanddan eng kattasi.
Xalilovni Rossiya musulmonlarining «Xizmatlari uchun» medali bilan taqdirlashgan, deya ma'lum qilgan Rossiya bosh muftiysi Ravil Gaynutdin. Oʻsmirga mukofot keyingi hafta juma namozi vaqtida Moskvadagi Sobor masjidida topshiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi
Amerika bema'nilik, ochkoʻzlik va ikkiyuzlamachilik olovida yonmoqda
Turkiyada besh nafar oʻzbekistonlik vafot etdi
Tramp Netanyaxudan Gʻazo boʻyicha kelishuvni inauguratsiyagacha tuzishni talab qilmoqda
Lavrovning asosiy fikrlari: Ukraina boʻyicha tashabbus, NATO va'dasi, Putin va Tramp uchrashuvi
Mark Ryutte: “Evropa mudofaa xarajatlarini oshirmasa, rus tilini oʻrganishga majbur boʻladi”