
Foto: Flash90
Isroilning Tel-Aviv shahrida ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi. Bu haqda The Times of Israel xabar berdi.
Minglab odamlar Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning iste’fosini talab qilmoqda. Ular orasida 1973 yilgi Yom Kippur (mahshar) urushida qatnashgan Isroil armiyasi faxriylari guruhi ham bor. Ular muddatidan oldin saylov o‘tkazish va G‘azo sektoridan garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha kelishuvga erishishni ilgari surgan. Namoyishchilar hukumat binolari oldida to‘plangan.
Politsiya shahar markazida transport harakatini to‘sib, to‘siqlar o‘rnatgan. Namoyishlar Isroil va HAMAS o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralar olib borilayotgani fonida o‘tkazilmoqda.
Tel-AvivNorozilik NamoyishlariBinyamin NetanyahuIsroil ArmiyasiG‘azo SektoriOmmaviy Namoyishlar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar