22:46 / 24.03.2024
710

“Putin — yolg‘onchi”: Ukraina tashqi ishlar vaziri terakt yuzasidan bayonot berdi

“Putin — yolg‘onchi”: Ukraina tashqi ishlar vaziri terakt yuzasidan bayonot berdi
Foto: EPA
Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Crocus City Hall’dagi teraktni Ukraina bilan bog‘lashga urinishlariga javob qaytardi.

Kuleba Rossiya prezidenti qandaydir yo‘l bilan Ukraina yoki boshqa G‘arb davlatlarini teraktga aloqador qilishga “astoydil harakat qilayotgani”, ammo bu haqda hech qanday dalil yo‘qligini ta’kidladi.

Putin 1999 yilda turar-joy binolari portlatilishi, 2000 yilda “Kursk” suv osti kemasi halokati, 2004 yilda Beslan maktabi qamal qilinishi, 2006 yilda Politkovskiy, 2009 yilda Magnitskiy, 2015 yilda Nemsovning va Qrimni okkupatsiya qilgan rossiyalik harbiylarni tanqid qilganlar o‘ldirilishi, MH17 samolyotining urib tushirilishi va Ukrainaga bostirib kirish rejalari haqida yolg‘on gapirgan. Bular juda uzun ro‘yxatdagi bir nechta misollar, xolos. Putin patologik yolg‘onchi”, — deb yozdi Kuleba X ijtimoiy tarmog‘ida.

Vazir Putin va uning sheriklari aldashiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi.

Ularning yagona maqsadi Ukrainaga qarshi olib borayotgan bema’ni jinoiy urushda ko‘proq ruslarni halok bo‘lishga undash va boshqa xalqlarga, nafaqat ukrainaliklarga, balki butun G‘arbga nisbatan nafratni yanada kuchaytirishdir”, — deya xulosa qildi Ukraina tashqi ishlar vaziri.

Crocus City Hall dagi terakt 22 mart kuni kechqurun sodir bo‘ldi. Bir necha qurollangan kishi konsert zali binosiga bostirib kirib, olomonni otib tashlagan, keyin esa binoni yoqib yuborgan. Terakt oqibatida 137 kishi halok bo‘ldi, 154 kishi yaralandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Putin — yolg‘onchi”: Ukraina tashqi ishlar vaziri terakt yuzasidan bayonot berdi