Rossiyada sud Crocus City Hall'dagi terakt ishi bo‘yicha yana uch nafar ayblanuvchi – Dilovar, Isroil va Aminchon Islomovlarni hibsga oldi.
Qiziq tomoni, Rossiyaning OAVining yozishicha ular bir oila a’zolari, ota va bolalar sanaladi. Hozirda ular terakt ijrochilariga Renault avtomobilini berishda ayblanmoqda.
Ayni damda teraktda bevosita ayblanib Mirzoyev Dalerjon Barotovich, Saidakrami Murodali Rajabalizoda, Shamsidin Faridun hamda Muhammadsobir Fayzov hibsga olingandi.
Qo‘lga olinganlarga terrorizmda ayblov qo‘yilgan (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 205-moddasi). Jinoyat kodeksining ushbu moddasi bo‘yicha eng yuqori jazo umrbod ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutadi.
Eslatib o‘tamiz, 23 mart kuni, terakt sodir etilganidan bir kun o‘tib teraktda gumonlanib to‘rt shaxs qo‘lga olingandi. Rossiya tergov qo‘mitasi jami 11 kishi ushlanganini bildirgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi
Amerika bema'nilik, ochkoʻzlik va ikkiyuzlamachilik olovida yonmoqda
Turkiyada besh nafar oʻzbekistonlik vafot etdi
Tramp Netanyaxudan Gʻazo boʻyicha kelishuvni inauguratsiyagacha tuzishni talab qilmoqda
Lavrovning asosiy fikrlari: Ukraina boʻyicha tashabbus, NATO va'dasi, Putin va Tramp uchrashuvi
Mark Ryutte: “Evropa mudofaa xarajatlarini oshirmasa, rus tilini oʻrganishga majbur boʻladi”