11:56 / 26.03.2024
1 339

Putin: Rossiya «Krokus»dagi teraktni kim sodir etganini biladi

Putin: Rossiya «Krokus»dagi teraktni kim sodir etganini biladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Krokus Siti Xoll»dagi teraktdan keyin ko‘rilgan chora-tadbirlar bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. U xolis tekshiruv o‘tkazish, buyurtmachilarni topishni buyurdi va terrorchilarning maqsadlari haqida gapirdi.

«Biz bilamizki, jinoyatni islom olamining o‘zi asrlar davomida kurashib kelayotgan radikallar sodir etgan», deydi Putin.

U maxsus xizmatlar va huquq-tartibot idoralari o‘rtasidagi hamkorlikda bir qator savollarga, jumladan, radikal va terroristik tashkilotlar Rossiyaga zarba berishdan haqiqatan ham manfaatdormi, degan savollarga javob olish zarurligini ta’kidladi.

Putinning qo‘shimcha qilishicha, aybdorlarni jazolash istagiga qaramay, tergov eng yuqori darajada professional, xolis va siyosiy tarafkashliksiz o‘tkazilishi kerak.

U, shuningdek, terakt yuzasidan tergovning borishi haqida muntazam hisobot berishni so‘ragan.

Putin terrorchilarning maqsadlari haqida gapirib, buyurtmachini topishga chaqirdi.

«Krokus Siti Xoll» konsert zalida terakt uyushtirishni rejalashtirganlar Rossiya jamiyatida vahima va nifoq ekishga umid qilishgan, dedi Rossiya prezidenti.

«22 mart kuni Rossiya poytaxtida sodir etilgan dahshatli jinoyat qo‘rqitish harakatidir. Va darhol savol tug‘iladi: bundan kimga foyda bor? Rossiya va uning xalqiga nisbatan bu vahshiylik kimning qo‘li bilan qilingan? Bizni buyurtmachi kim ekanligi qiziqtiradi», qayd etdi u.

Putin o‘z chiqishida Ukrainani teraktga aloqadorlikda ayblagan.

O‘z navbatida, Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi vakili Andrey Chernyak «Krokus Siti Xoll»da sodir bo‘lgan voqealarga Kiyevning aloqadorligini rad etdi. Xuddi shunday bayonotni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning maslahatchisi Mixail Podolyak ham aytdi.

Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Grant Shappsning aytishicha, Londonda ushbu terakt va Ukraina o‘rtasidagi bog‘liqlik haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin: Rossiya «Krokus»dagi teraktni kim sodir etganini biladi