
Foto: CNN
HAMAS tashkiloti G‘arb davlatlarini G‘azoga havodan yordam yuborishni to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.
Manbada aytilishicha, HAMAS vakillari havodan gumanitar yordam yetkazib berish usulini “tajovuzkor, noto‘g‘ri, noo‘rin va foydasiz” deya baholagan. Ushbu holat jamoatchilik ichida tartibbuzarlik holatlari urchishiga olib kelgani ma’lum qilingan.
Dushanba kuni G‘azoning shimoliy qirg‘og‘ida kamida 12 kishi noma’lum davlat tomonidan dengizga tashlangan jo‘natmalarni olish paytida dengizda cho‘kib ketgani xabar qilingan edi. Ushbu holat havodan yordam karvonlari jo‘natila boshlaganidan beri bir necha bor sodir bo‘lgan.
“Biz bu hujumkor, noto‘g‘ri, nomaqbul va foydasiz tarzda aholiga yordam berish operatsiyalarini to‘xtatishga chaqiramiz”, — degan 26 mart kuni HAMAS tashkiloti o‘z bayonotida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar