date
views 523

Ukraina maxsus kuchlari temir yo‘l liniyasini portlatmoqchi bo‘lgan diversantlarni qo‘lga oldi

Ukraina maxsus kuchlari temir yo‘l liniyasini portlatmoqchi bo‘lgan diversantlarni qo‘lga oldi
Foto: Anadolu
Ukraina maxsus kuchlari 26 mart kuni Rossiya Federal xavfsizlik xizmatiga (FSB) aloqador bo‘lgan ikki diversantning Poltava temir yo‘l liniyasini portlatishining oldini oldi. Bu haqda Anadolu nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ikki nafar fuqaro markaziy temir yo‘l liniyasini portlatishga uringanida, xavfsizlik kuchlari tomonidan hibsga olingan. Ularning shaxsi tekshirilganda, Rossiya Federal xavfsizlik xizmatiga aloqasi borligi ma’lum bo‘lgan.

Sabotaj qilish uchun ular temir yo‘l va harakatlanuvchi tarkibning elektr ta’minoti tizimi yaqiniga qo‘lbola portlovchi moslamani o‘rnatganlar. Keyinchalik hujumchilar masofadan boshqarish pulti yordamida portlovchi moddalarni faollashtirishni rejalashtirgan”, — deyiladi xabarda.

Bayonotda aytilishicha, Ukraina rasmiylari hibsga olinganlarning mobil telefonlarini musodara qilib, tekshirganda ular FSB bilan bevosita aloqador ekanligi ma’lum bo‘lgan.

Diversantlarga nisbatan Ukraina sudi umrbod qamoq jazosi berishi kutilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina maxsus kuchlari temir yo‘l liniyasini portlatmoqchi bo‘lgan diversantlarni qo‘lga oldi