06:39 / 27.03.2024
657

Britaniyalik ekspert: Rossiya NATOga Ukrainada F-16 qiruvchilarini yo‘q qila olishini ko‘rsatdi

Britaniyalik ekspert: Rossiya NATOga Ukrainada F-16 qiruvchilarini yo‘q qila olishini ko‘rsatdi
© AP Photo / Aijaz Rahi
Rossiya harbiylari Shimoliy Atlantika alyansiga Ukraina aerodromlariga F-16 qiruvchilariga zarba bera olishini namoyish etdi. Bu haqda britaniyalik ekspert Aleksandr Merkuris o‘zining YouTube-kanalida ma’lum qildi, deb yozadi RIA Novosti.

Ushbu aerodromga yetkazilgan zarar F-16 qiruvchilarini yetkazib berishni sekinlashtirishi mumkin, ammo bu NATO kuchlari uchun ogohlantirish bo‘lib xizmat qiladi: agar F-16 samolyotlari haqiqatan ham ushbu aerodromda joylashgan bo‘lsa, ruslar ularga zarba bera oladilar", — dedi u.

NATO harbiy qo‘mitasi rahbari admiral Rob Bauerning ma’lum qilishicha, G‘arb hamkorlari Kiyevga topshirishga va’da bergan F-16 qiruvchi samolyotlari, agar ular uchun ehtiyot qismlar yetkazib berish o‘z vaqtida yo‘lga qo‘yilmasa, ucha olmaydi.

Shuningdek, rossiyalik harbiy ekspert Aleksey Leonkovning RIA Novostiga ma’lum qilishicha, NATOning turli mamlakatlari flotidan Kiyevga amerikalik F-16 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish frontdagi kuchlar muvozanatini o‘zgartirmasligini va ukrainalik uchuvchilarni tayyorlash Yevropa davlatlari uchun juda uzoq va qimmat.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniyalik ekspert: Rossiya NATOga Ukrainada F-16 qiruvchilarini yo‘q qila olishini ko‘rsatdi