Foto: Getty Images
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 27 mart kuni Rossiyaning NATO bilan urushga kirishishi haqidagi qo‘rquvni “safsata” deb atadi, deya Deutsche Welle xabar berdi.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, 2022 yilda AQSH harbiy xarajatlari 811 milliard dollarni, Rossiyaniki esa 72 milliard dollarni tashkil qilgan:
"Mazkur nisbatni bila turib ham biz NATO bilan kurashamizmi? Bu shunchaki safsata", — dedi Rossiya rahbari.
U Tver viloyatiga ish safari chog‘ida harbiylar bilan muloqot qilar ekan Rossiyaning Yevropa davlatlariga nisbatan tajovuzkor niyati yo‘qligini ta’kidlagan.
"Ukrainadan keyin Yevropaga hujum qilishimiz haqidagi mish-mishlar bo‘lmagan gap, bu o‘z aholisini qo‘rqitish evaziga ulardan pul undirish uchungina xolos", — deb qo‘shimcha qilgan Putin.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, agar urushda qatnashish uchun Ukrainaga topshirilgan Amerikaning F-16 qiruvchi samolyotlari uchinchi davlatlar aerodromlaridan uchib chiqsa, bu aerodromlar Rossiya harbiylari uchun qonuniy nishonga aylanadi. Shu bilan birga, Putin F-16 samolyotlari bortida yadro qurolini olib yurishi mumkinligini eslatib, buni ham hisobga olishini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
General Kirillovga suiqasd ishi boʻyicha yangi ayblanuvchilar paydo boʻldi
AQShning Xitoy kompaniyalari haqidagi bayonoti
Ilon Mask Oq uyga Tramp bilan birgalikda koʻchib oʻtishni rejalashtirmoqda
Tramp ishi boʻyicha maxsus prokuror hisoboti: «Agar saylanmasa, aybdor deb topilardi»
Ukrainada harbiy holat va safarbarlik yana 90 kunga uzaytirilishi mumkin
Shavkat Mirziyoyev yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi