17:40 / 28.03.2024
919

Rus nashrlari: «Krokus»da terakt uyushtirganlar narkotik ta’sirida bo‘lgan

Rus nashrlari: «Krokus»da terakt uyushtirganlar narkotik ta’sirida bo‘lgan
Rossiyaning qator nashrlari o‘z manbalariga tayanib, joriy yilning 22 martida Moskva viloyatida sodir etilgan terakt paytida gumonlanuvchilar narkotik ta’sirida bo‘lganini yozmoqda.

«To‘rtalasi ham narkotik ta’sirida bo‘lgan. Qanday narkotik yoki psixotrop qabul qilganini ekspertiza aniqlaydi», — deydi TASS nashri manbasi.

U, shuningdek, gumonlanuvchilar narkotik moddani faqatgina terakt sodir etilgan kunda iste’mol qilmaganini aytgan.

RIA manbasi ham terakt paytida gumonlanuvchilar giyohvandlik moddasi ta’sirida bo‘lganini istisno qilmagan.

Bunga qadar esa Baza telegram-kanali ularning qo‘rquvni yo‘qotadigan psixotrop modda iste’mol qilganini va bu qon tahlillarida aniqlanganini iddao qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur teraktda ayblanayotgan 4 nafar tojikistonlik – Dalerjon Mirzoyev, Saidikrom Rajabalizoda, Shamsiddin Fariduni va Muhammadsobir Fayzovlar joriy yilning 25 martida sud qarori bilan hibsga olingan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo