Foto: gov.kz
Qozog‘istonda suv toshqini tufayli Abay, Aqto‘be, Qo‘stanay va G‘arbiy Qozog‘iston viloyatlari aholisi evakuatsiya qilinmoqda. Bu haqda Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, hozirgacha 1400 nafardan ortiq odam o‘z uyini tashlab ketgan. Bular asosan havo haroratining keskin oshishi va bir necha kundan beri to‘xtamayotgan yomg‘ir tufayli suv bosgan kichik aholi punktlari aholisidir.
Kecha tunda Qo‘stanay viloyatining Ekidin, Oqqisi, Qiziljuldiz, Yangiqala qishloqlari va to‘qqizta qo‘nalg‘a aholisi suv bosgan hududlardan evakuatsiya qilingan. Operatsiyada Mi-171Sh, Mi-17 va Mi-8 transport-jangovar vertolyotlari ekipajlari ishtirok etmoqda.
Evakuatsiya qilinganlarning barchasi Orqaliq shahridagi evakuatsiya punktlariga yetkazildi, deb xabar qildi Qozog‘iston Mudofaa vazirligi.
Qo‘stanay viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i Qayrat Qosim mintaqadagi vaziyatni izohlar ekan, bunday suv toshqini 1990 yildan beri bo‘lmaganini aytdi.
«30 yildan ortiq hech kim bunaqasini ko‘rmagan! Yog‘ingarchilik juda tez boshlandi. Qor zaxirasi taxminan 200 foizni tashkil etdi, yer yuzi 40 sm dan 1 metrgacha muzladi, oqibatda suv singmadi va aholi punktlariga oqdi», dedi u. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Global Janub kimniki?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi