16:53 / 29.03.2024
309

Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar

Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar
Olimlar kam daromad miyaga qanday ta’sir qilishi ustida tadqiqot o‘tkazdilar. Xususan, daromadi past bo‘lgan odamlarda miyada ta’sirlanish va kognitiv funksiyani qo‘llab-quvvatlashda asosiy rol o‘ynaydigan oq moddalar miqdori tezroq kamayishi aniqlandi.

Kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, boy odamlar orasida miyadagi jismoniy o‘zgarishlar kognitiv faoliyatga kamroq ta’sir qiladi. Bu yuqori daromad bilan bog‘liq himoya mexanizmlarining mavjudligini ko‘rsatishi mumkin.

Tadqiqot natijalari xilma-xil iqtisodiy holat va miya tuzilishi o‘rtasidagi munosabatlarni yanada chuqurroq o‘rganish zarurligini ta’kidlaydi. Ular, shuningdek, daromaddan qat’i nazar, miya sog‘lig‘iga ta’sir qiluvchi boshqa ijtimoiy va ekologik omillar mavjudligiga ishora qiladilar.

Mutaxassislarning qayd etishicha, doimiy ish bilan bandlik ruhiy salomatlik va mahsuldorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ruhiy salomatlik va farovonlikni saqlash uchun muvozanat, farovonlik uchun esa yaxshi daromad muhimligi ushbu tadqiqot orqali yana bir bor o‘z isbotini topdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar