19:49 / 29.03.2024
163

AQSHning Ukrainaga bergan umumiy yordami 113 milliard dollardan oshdi

AQSHning Ukrainaga bergan umumiy yordami 113 milliard dollardan oshdi
Foto: Google Images
AQSH tomonidan Ukrainaga yordam berish uchun ajratilgan mablag‘larning umumiy miqdori kamida 113 milliard dollarni tashkil etdi.

Bu haqda Oq uy boshqaruv va budjet boshqarmasi rahbari Shalanda Yangning senator Jeyms Devid Vensga yo‘llagan so‘roviga javoban berilgan ma’lumotga tayanib, Fox News xabar berdi.

Unda aytilishicha, Ukrainada harbiy harakatlar boshlanganidan beri AQSH Kongressi Kiyevga “hayotiy xavfsizlik, iqtisodiy va gumanitar yordam” ko‘rsatish uchun qo‘shimcha 111 milliard dollar mablag‘ ajratgan. Yana 2,4 milliard dollar maqsadli bo‘lmagan mablag‘lardan Ukraina foydasiga qayta taqsimlandi.

Davlat departamenti va AQSH Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) asosiy yordam paketlariga qo‘shimcha ravishda, 2022 va 2023-moliya yillarida sog‘liqni saqlash va elchixona operatsiyalari uchun mos ravishda 145 million va 189 million dollar yubordi.

Telekanalning ta’kidlashicha, agar qurol va o‘q-dorilar uchun sarflangan mablag‘lar ham hisobga olinsa, umumiy xarajat ancha yuqori bo‘lishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHning Ukrainaga bergan umumiy yordami 113 milliard dollardan oshdi