13:43 / 30.03.2024
389

Rustam Ashurmatov Tatariston Respublikasi prezidenti bilan iftor qildi (foto)

Rustam Ashurmatov Tatariston Respublikasi prezidenti bilan iftor qildi (foto)
Tatariston Respublikaning Qozon shahrida XII Respublika iftori tashkil etildi. Ushbu nufuzli tadbirga “Rubin” jamoasi vakillari ham taklif etildi.

“Rubin” klubi boshqaruv prezidenti Marat Safiullin, bosh murabbiy Rashid Rahimov va uch nafar futbolchi Marat Apshatsev, Mirlind Daku va Rustam Ashurmatov Tatariston Respublikasi prezidenti Rustam Minnixanov bilan uchrashib, iftorlik dasturxonida jam bo‘lishdi.

- “Ramazon – musulmonlar uchun eng muhim oy. Bunday katta tadbirda “Rubin” jamoasi vakillari va bosh murabbiy qatnashgani men uchun juda yoqimli bo‘ldi. Mirlind Daku, Rustam Ashurmatov va Marat Apshatsev bilan faxrlanamiz, ular turli mamlakatlardan kelgan, murakkab mashg‘ulotlar jarayoniga qaramay, ro‘zasini tutmoqda.

Respublika iftori juda katta va jiddiy tadbir, taassurotlarimiz juda yaxshi
, - dedi “Rubin” klubi boshqaruv prezidenti Marat Safiullin.

- Biz ushbu jiddiy tadbirning masshtabi qanchalar katta ekaniga guvoh bo‘ldik va “Rubin” bundan chetda qololmadi. Biz bu tadbirda qatnashmoqchi edik va kelganimizdan mamnunmiz. Bu musulmon olamida juda katta voqea va biz taklif etilganimizdan mamnunmiz. Katta taassurot oldik. Mana shunday voqealarning bir bo‘lagi bo‘lish muhim, - dedi “Rubin” bosh murabbiyi Rashid Rahimov.

Tadbir davomida futbolchilar Tatariston Respbulikasi rahbari Rustam Minnixanov va boshqa taniqli shaxslar, futbol muxlislari bilan suhbatda bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Rustam Ashurmatov 2023 yilning boshidan qozonliklar sharafini himoya qilib kelmoqda. O‘sha paytda jamoa birinchi ligada ishtirok etardi.

Legionerimiz jamoaning Premer-ligaga chiqishiga hissa qo‘shdi. Joriy mavsum davomida esa, yuqori divizionda muvaffaqiyatli qatnashishiga yordam beryapti.

27 yoshli himoyachimiz joriy mavsumda Rossiya Premer-ligasi va mamlakat kubogida jami 15 marotaba maydonga tushib, har ikki turnirda o‘z hisobiga bittadan gol yozdirib qo‘yishga ham ulgurdi.

Ashurmatov O‘zbekiston milliy terma jamoasining asosiy o‘yinchilaridan hisoblanadi. U xalqaro miqyosida 34 ta uchrashuvda qatnashib, yaqinda Gonkong maydonida bilan bo‘lgan o‘yinda terma jamoagi debyut golini ham nishonladi.

Rustam faoliyati davomida O‘zbekiston va Rossiyadan tashqari bir necha yil Janubiy Koreya chempionatida ham muvaffaqiyatli to‘p tepgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rustam Ashurmatov Tatariston Respublikasi prezidenti bilan iftor qildi (foto)
ePN