
Foto: “TASS”
Rossiya prezidenti Vladimir Putin bahorgi muddatli harbiy xizmatga chaqiruvni boshlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Farmon huquqiy axborot portalida e’lon qilindi.
Bahorgi muddatli harbiy xizmatga chaqiruv 1 apreldan boshlanadi. Farmonga ko‘ra, 1 iyulgacha 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan, zaxirada turmagan 150 ming fuqaro muddatli harbiy xizmatga chaqiriladi. Muddatli harbiy xizmatchilarni hududlardagi yig‘in punktlaridan qo‘shinlarga yuborish 15 apreldan boshlanadi.
Bu yilgi bahorgi muddatli harbiy xizmatga chaqiruv yangi qoidalar asosida o‘tkazilmoqda. Muddatli harbiy xizmatga chaqirilish yoshining yuqori chegarasi 2024 yil 1 yanvardan boshlab 27 yoshdan 30 yoshga ko‘tarildi, quyi chegara esa o‘zgarishsiz qoldi. 2023 yil oxirigacha 27 yoshga to‘lganlar harbiy xizmatga chaqirilmaydi.
Muddatli harbiy xizmatni o‘tash muddati tugagan askarlar, matroslar, serjantlar va kichik ofitserlar xizmatdan bo‘shatiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar