
Dushanba kuni zo‘rlash sabab 4,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan "Barselona" sobiq himoyachisi qaror to‘liq kuchga kirguniga qadar 1 mln yevro miqdorida garov puli berib qamoqdan chiqdi.
Shu bilan birgalikda, Alvesdan pasportini olib qo‘yishdi va unga har haftda sudga borishni shart qilib qo‘yishdi.
Fiestda dasturi Alves qanday qilib garovni to‘lay olganini ma’lum qildi. Manbaga ko‘ra, Daniga pulni biror inson emas, balki kompaniya taqdim etgan. Bu Alvesning hayoti haqidagi eksklyuziv maqola evaziga mablag‘ taqdim etgan Braziliya jurnali bo‘lib chiqdi.
Qayd etilishicha, Alves sobiq rafiqasi Joana Sansdan suratga tushishda ishtirok etishni so‘ragan.
"Bu jurnal Braziliya va dunyoda taniqli, u mashhur insonlar haqida ajoyib maqolalar tayyorlaydi. Ular keyinchalik yozadigan maqolalari evaziga pul taqdim etishgan. U allaqachon tayyorlanmoqda", – deyiladi dasturda.
Mablag‘ xalqaro o‘tkazma sabab biroz kechikib tushdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar