
Qozog‘istondagi suv toshqinlarida evakuatsiya qilinganlar soni 16 ming kishidan oshdi. Hozirgi kunda 1,4 mingga yaqin xususiy turar-joy binolari suv ostida qolmoqda.
Suv toshqini Olmaota viloyatida joylashgan suv omboridagi to‘g‘on buzilishi natijasida yuzaga kelgan.
“Huquq-tartibot idoralari xodimlari aholini evakuatsiya qilish, chorva mollarini haydash, qum tushirishda yordam berish, qirg‘oq himoyasi inshootlarini qurish ishlarini olib bormoqda. Suv bosgan uylarda talonchilik holatlarining oldini olish maqsadida kechayu kunduz patrul xizmati tashkil etilgan. Militsiya xodimlari fuqarolardan huquqni muhofaza qilish organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va Favqulodda vaziyatlar departamenti olib borayotgan ishlarni o‘zaro tushunishni so‘raydi", - deyiladi Qozog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabarida.
Qozog‘istonSuv ToshqiniAholi EvakuatsiyaOlmaota ViloyatiXususiy Turar-JoyHuquq-Tartibot Idoralari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar