
«Krokus»dagi teraktga buyurtma berganlar Rossiya birligiga putur yetkazmoqchi bo‘lishdi, «boshqa maqsadlar ko‘rinmayapti», dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
«Moskvadagi qonli, dahshatli terrorchilik harakatiga buyurtma berganlarning asosiy maqsadi hamjihatligimizga putur yetkazish edi, deyishga barcha asoslarimiz bor. Boshqa maqsadlar ko‘rinmayapti» – ta’kidlagan u.
Avvalroq Putin o‘z chiqishida Ukrainani teraktga aloqadorlikda ayblagandi.
O‘z navbatida, Ukraina «Krokus Siti Xoll»da sodir bo‘lgan voqealarga Kiyevning aloqadorligini rad etmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar