Foto: EPA/TASS
NATO davlatlari Ukraina uchun kerakli miqdorda o‘q-dori va qurollarni to‘play olmasligini tan olmoqda. Bu Rossiyaning hujumini davom ettirishi va undan ham ko‘proq hududni egallashiga olib kelishi mumkin. Bu haqda NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg ma’lum qildi.
«Jang maydonidagi vaziyat jiddiy. Endi ikkita ssenariy bo‘lishi mumkin: NATO ko‘proq yordam to‘plashi va Ukraina ko‘proq hududni qaytarib olishi, ikkinchi ssenariy – biz buni uddalay olmaymiz», dedi NATO bosh kotibi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, uzoq muddatli tinchlikka erishishning yagona yo‘li Rossiyaning jang maydonida g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘ymaslikdir.
Stoltenbergning ta’kidlashicha, alyans Ukraina mojarosida ishtirok etmayapti va ishtirok etish niyatida emas. U NATO qo‘shinlarini Ukraina hududiga yuborish imkoniyatini rad etmoqda, chunki «Kiyev buni so‘ramagan».
Avvalroq, NATO bosh kotibi Ukrainadagi harbiy amaliyotlar ittifoqchi davlatlar xavfsizligi uchun zarurligini, Kiyevga qurol yetkazib berish esa o‘z xavfsizligiga sarmoya ekanini aytgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Los-Anjelesda “oʻta xavfli vaziyat” e'lon qilindi
Isroil HAMAS bilan kelishuvga erishganini rad etdi
Erdoʻgʻon boshqa davlatlarni Suriyadan “qoʻllarini tortishga” chaqirdi
Shavkat Mirziyoyev «Manchester Siti» klubi egasi bilan uchrashuv oʻtkazdi
Asirga tushgan ukrain askari: “Ular zamonaviy jang uslublarini bilishmaydi”
Tojikistondan 20 kgdan ortiq “opiy” moddasini olib oʻtgan shaxslar ushlandi