Foto: AFP
Finlyandiya hukumati Rossiya bilan quruqlikdagi chegara punktlarini 15 apreldan boshlab noma’lum muddatga yopiq saqlashga qaror qildi. Bu haqda Finlyandiya IIV ma’lum qildi.
Bundan tashqari, 15 apreldan boshlab dengiz orqali noqonuniy migratsiyaning oldini olish uchun Xaapasaari, Nuijamaa porti va Santiodagi dengiz o‘tish punktlari yopiladi.
"Qaror xabar berilgunga qadar kuchda qoladi", — deyiladi IIV xabarida.
Rossiya bilan chegarani ochishda Finlyandiya hukumati Rossiya tomonidan chegarani kesib o‘tib, Finlyandiyadan boshpana so‘rovchi uchinchi davlat fuqarolarining ommaviy noqonuniy migratsiyasining qayta tiklanish xavfini ko‘rmoqda.
"Finlyandiya chegarasi yaqinidagi Rossiya hududida mamlakatimizga qarshi ishlatilishi mumkin bo‘lgan minglab odamlar bor", — dedi Finlyandiya ichki ishlar vaziri Mari Rantanen.
Finlyandiya rasmiylari Rossiyaning “migratsiyani instrumentallashtirish” siyosatini “gibrid hujum” va “uzoq muddatli tahdid” sifatida baholaydi.
Hukumatning chegarani yopish haqidagi avvalgi qarori 14 aprelgacha amal qilgan edi.
2023 yil noyabrida Finlyandiya muhojirlar oqimi tufayli Rossiya bilan quruqlikdagi chegarasini tegishli hujjatlarsiz butunlay yopgan edi. Xelsinki Moskvani uchinchi davlat fuqarolarini chegarani kesib o‘tishga undaganlikda ayblagan.
Bunga javoban Rossiya TIV matbuot kotibi Mariya Zaxarova Finlyandiyaning chegaradagi vaziyat uchun javobgarlikni Rossiya zimmasiga yuklashga urinishlarini “noaniq bahonalar” deb atagan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Los-Anjelesda “oʻta xavfli vaziyat” e'lon qilindi
Isroil HAMAS bilan kelishuvga erishganini rad etdi
Erdoʻgʻon boshqa davlatlarni Suriyadan “qoʻllarini tortishga” chaqirdi
Shavkat Mirziyoyev «Manchester Siti» klubi egasi bilan uchrashuv oʻtkazdi
Asirga tushgan ukrain askari: “Ular zamonaviy jang uslublarini bilishmaydi”
Tojikistondan 20 kgdan ortiq “opiy” moddasini olib oʻtgan shaxslar ushlandi