Foto: Reuters
AQSH prezidenti Jo Bayden 4 aprel kuni Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan telefon orqali suhbatda G‘azodagi falastinlik tinch aholi va xorijiy yordam xodimlarini himoya qilish bo‘yicha ultimatum qo‘ydi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, agar Isroil mazkur shartlarni bajarmasa, AQSH Isroilni HAMASga qarshi janglarda qo‘llab-quvvatlamaydi.
Isroil gumanitar kolonnaga hujum bexosdan bo‘lganini tan olgan.
Oq uy Netanyaxudan qanday qadamlar kutayotgani va agar Isroil bosh vaziri chora ko‘rmasa, nima qilishini ochiqlamagan. Ammo tahlilchilar fikricha, asosiy tahdid Amerikaning Isroilga qurol sotishini sekinlashtirish yoki AQSHning BMTdagi yordamini cheklashdan iborat.
Bayden Netanyaxuga nisbatan falastinlik tinch aholining o‘limidan xavotirlangan progressiv demokratlar tomonidan bosimni muvozanatlash uchun kurashmoqda. Shu paytgacha u qurol-yarog‘ yetkazib berish shartlarini o‘rnatishga qarshilik qilgan.
Oq uy suhbatni ta’riflab, Bayden Isroilni fuqarolarga yetkazilgan zarar, gumanitar azob-uqubatlar va yordam xodimlari xavfsizligini ta’minlash uchun bir qator aniq qadamlarni amalga oshirishga chaqirganini aytgan.
"Agar bizni kutayotgan o‘zgarishlarni ko‘rmasak, siyosatimizda o‘zgarishlar bo‘ladi", — deydi AQSH davlat kotibi Entoni Blinken.
4 aprel kuni qo‘ng‘iroqdan bir necha soat o‘tib, Isroil G‘azoga yordam oqimini ko‘paytirish bo‘yicha bir necha qadamlar, jumladan, Ashdod porti va G‘azo sektori shimolidagi Erez o‘tish yo‘lini ochish, Iordaniyadan yordam yetkazib berish hajmini oshirishni e’lon qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Los-Anjelesda “oʻta xavfli vaziyat” e'lon qilindi
Isroil HAMAS bilan kelishuvga erishganini rad etdi
Erdoʻgʻon boshqa davlatlarni Suriyadan “qoʻllarini tortishga” chaqirdi
Shavkat Mirziyoyev «Manchester Siti» klubi egasi bilan uchrashuv oʻtkazdi
Asirga tushgan ukrain askari: “Ular zamonaviy jang uslublarini bilishmaydi”
Tojikistondan 20 kgdan ortiq “opiy” moddasini olib oʻtgan shaxslar ushlandi