06:30 / 06.04.2024
144

Janubiy Koreya Ukrainaga 2,3 mlrd dollar ajratishga va’da berdi

Janubiy Koreya Ukrainaga 2,3 mlrd dollar ajratishga va’da berdi
Foto: Google Images
Koreya Respublikasi 2024 yilda Ukrainaga 2,3 milliard dollar yordam ajratadi. Bu haqda NATOga a’zo davlatlar va ularning hamkorlari tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi chog‘ida Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Cho Tae Yol ma’lum qildi.

Vazir Cho Tae Yol mamlakatimiz Ukrainaga tinchlik o‘rnatish uchun yordam ko‘rsatishda davom etishini va bu yildan boshlab 2,3 milliard dollarlik o‘rta va uzoq muddatli paket ajratilishini aytdi”, — deya xabar berdi Janubiy Koreya TIV xabarida.

Bundan tashqari, Janubiy Koreya yaralangan ukrainalik harbiy xizmatchilarni reabilitatsiya qilish markazlarini boshqarish uchun NATO jamg‘armasi orqali 12 million dollar ajratadi.

Janubiy Koreya Kiyevga qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar yetkazib bermayapti, balki unga gumanitar va moliyaviy yordam ko‘rsatmoqda, deyiladi TIV xabarida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo