Foto: Getty Images
Monash universitetining avstraliyalik olimlari Yerdagi havo eng toza joyni aniqlashdi. Bu Antarktidani yuvib turgan Janubiy okean ustidagi bo‘shliq bo‘lib chiqdi. Tadqiqot Slimate and Atmospheric Science (CAS) jurnalida chop etildi.
Sun’iy yo‘ldosh kuzatuvlari yordamida atmosferaning tahlili shuni ko‘rsatdiki, Antarktida havosining tozaligi nafaqat u yerda inson faoliyatining yo‘qligi, balki fitoplanktonlarning faolligi bilan ham bog‘liq.
Bundan tashqari, Janubiy okean Yerdagi eng bulutli joy bo‘lib chiqdi, u yerda yog‘ingarchilik tez-tez sodir bo‘ladi. Kuchli yomg‘ir va qor yog‘ishi ifloslantiruvchi aerozol zarralarini havodan yuvadi. Antarktida ustidagi bulut qoplami maxsus hujayra tuzilishiga ega. Har bir bunday hujayra dunyoning boshqa qismlaridagi bulutlarga qaraganda olti barobar ko‘proq yomg‘ir yog‘dirishi mumkin.
«Yomg‘ir, xuddi kir yuvish mashinasi kiyimlarni tozalaganidek, osmondan aerozollarni yuvadi. Sovuq front chekingach, havo toza bo‘ladi», deb ta’kidladi mutaxassislar.
Olimlarning aytishicha, ularning kashfiyoti yog‘ingarchilik havodan chang va boshqa ifloslantiruvchi moddalarni qanday yuvib tashlashini yaxshiroq tushunishga yordam beradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Los-Anjelesda “oʻta xavfli vaziyat” e'lon qilindi
Isroil HAMAS bilan kelishuvga erishganini rad etdi
Erdoʻgʻon boshqa davlatlarni Suriyadan “qoʻllarini tortishga” chaqirdi
Shavkat Mirziyoyev «Manchester Siti» klubi egasi bilan uchrashuv oʻtkazdi
Asirga tushgan ukrain askari: “Ular zamonaviy jang uslublarini bilishmaydi”
Tojikistondan 20 kgdan ortiq “opiy” moddasini olib oʻtgan shaxslar ushlandi