Eron, Isroil va AQSH harbiylarini jangovar shay holatga keltirdi

Dunyo2 daqiqa o'qish481
Eron, Isroil va AQSH harbiylarini jangovar shay holatga keltirdi
Foto: Getty Images
Eron, Isroil va AQSH o‘z qurolli kuchlarini (oxirgi holatda gap Yaqin Sharqdagi qo‘shinlar haqida ketmoqda) jangovar shay holatga keltirdi. Bu haqda manbalarga tayanib, The New York Times xabar berdi.

AQSH 1 aprel kuni Isroilning Damashqdagi Eron konsulligiga uyushtirgan hujumi uchun Eron tomonidan ehtimoliy javob zarbasiga tayyorlanmoqda. Isroil ham qurolli kuchlarini shay holatga keltirgan. NYTga isroillik manbaning tushuntirishicha, jangovar qismlarda ta’tillar bekor qilingan, ba’zi zaxiradagilar havo hujumidan mudofaa kuchlariga chaqirilgan va GPS signali bloklangan.

Erondagi manbalar ham mamlakat qo‘shinlari to‘liq shay holatga kelganini, chunki Tehron Damashqdagi konsullikka hujumga javob berish niyatida ekanini xabar qilmoqda. AQSH administratsiyasidagi manbaning CNN telekanaliga aytishicha, AQSH va Isroil Eronning javob zarbasini “muqarrar” deb hisoblaydi. Unda Isroil va AQSH obyektlari nishonga olinishi kutilmoqda.

CBS telekanali Amerika razvedkasi qo‘lga kiritgan ma’lumotlarga tayanib, Tehron dronlar va qanotli raketalardan foydalanmoqchiligini xabar qildi. Hujumning ehtimoliy vaqti va nishoni noma’lum, ammo razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, Eron harbiylari “proporsional javob”, ya’ni Isroil diplomatik obyektiga zarba berishi mumkin. Eron tahdidlari tufayli Isroil qator davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari faoliyatini qisman to‘xtatgan.

Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant 7 aprel kuni “operativ vaziyatni baholash” bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Unda Isroil mudofaa kuchlari operativ boshqarmasi boshlig‘i va razvedka boshqarmasi boshlig‘i ishtirok etdi. Isroil Eronning har qanday ssenariysiga javob berishga tayyorligini e’lon qildi.

Isroilning Damashqdagi Eron konsulligiga hujumi

1 aprel kuni Isroil harbiy-havo kuchlari Damashqdagi Eron konsulligiga zarba berdi. Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon mazkur hujum munosabati bilan Amerika javobgarlikka tortilishi kerakligini aytdi.

Hujum oqibatida 11 kishi, jumladan, 2016 yilgacha Livan va Suriyadagi “Quds” elita kuchlariga rahbarlik qilgan Eron harbiy maslahatchisi general Muhammad Rizo Zohidiy, uning o‘rinbosari general Muhammad Hodi Hoji Rahimiy va yana besh eronlik zobit ham halok bo‘ldi. Shuningdek, uch nafar Suriya va bir nafari Livan fuqarosi vafot etdi. Eronning BMT missiyasi zarbani terakt deb baholadi.

O‘zbekiston Isroil hujumini qoraladi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bir necha insonlarning qurbon bo‘lishi va Eronning Damashq (Suriya) shahridagi diplomatik missiyasi hududida vayronagarchiliklarga olib kelgan Eron konsulligi binosiga uyushtirilgan havo hujumini keskin qoraladi.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?